Davlar bojxona qo’mitasi xabarida ko’ra, kuni kecha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazishgan.

Foto: Davlat bojxona qo’mitasi axborot xizmati

Tezkor tadbir davomida, ushbu tumanning “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro B. R. o‘zining yashash xonadoni hovlisida 450×150 sm2 o‘lchamdagi yer maydoniga 836 tup, og‘irligi 9 kilogramm 330 gramm bo‘lgan “Opiyli ko‘knori” giyohvand o‘simligini noqonuniy ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi fosh etilgan.

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.