Ishini yo‘qotmagan yoshlarning bandligi 23 foizga qisqarib ketdi, deyilgan 27-may kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) taqdim etgan bayonotda.

Foto: Zakon KZ

XMT o‘tkazgan monitoringga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi oqibatida fevral oyining boshidan boshlab yoshlar orasida ishsizlik soni keskin ko‘tarilgan. Shu bilan birga yosh ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq aziyat chekkan.

“Pandemiya yoshlar orasida nafaqat ishsizlik sonining ko‘payishiga olib keldi, balki ularning ta’lim olish va professional tayyorgarligiga ham jiddiy zarar yetkazdi”, deyilgan bayonotda.

Dunyo bo‘ylab 267 millionga yaqin hech qanday kasbga yoki ko‘nikmaga ega bo‘lmagan yoshlar mavjud. 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan, kam mablag‘ to‘lanadigan yollanma ishchi bo‘lib ishlaydigan yoki mehnat muhojirlari sifatida qayd etiladigan bu toifadagi yoshlar eng ko‘p ziyon ko‘rgan qatlam bo‘lib qolmoqda.

“COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz boshqa guruhlardan ko‘ra yoshlar, ayniqsa, yosh ayollarga zarba bermoqda. Agar biz bu vaziyatning tezda oldini olish choralarini ko‘rmasak, virus asorati o‘n yillab ketmasligi mumkin. Agar yoshlar iste’dodi va quvvati tajribasizlik tufayli ikkinchi darajali bo‘lib qolsa, bu holat kelajagimizga jiddiy ta’sir qiladi va COVID-19 pandemiyasidan keyingi tiklanish davrining og‘ir kechishiga olib keladi”, – deya ta’kidladi XMT bosh direktori Gay Rayder.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.