Qashqadaryoda joriy yilning 27-may kuni soat 09:00 da haydovchi 22 yoshli N.T., boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M., ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Natijada voyaga yetmagan S.M., tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.