Tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar ishtirokida o‘tdi.

Foto: TIV axborot xizmati

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari “O‘zbekiston – AQSh – Afg‘oniston” uch tomonlama shakli Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etishga qaratilgan amaliy takliflarni tayyorlash bo‘yicha dolzarb maslahatlashuv mexanizmi ekanligini qayd etdilar.

“Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi, “Mozori-Sharif – Kobul”, “Mozori-Sharif – Hirot” temir yo‘llari qurilishi kabi muhim loyihalarni jadal tadbiq etish zarurligi ta’kidlandi.