Navoiy shahridagi Islom Karimov ko‘chasida vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan fuqaro Z.O‘. 2020-yil tug‘ilgan, yoshiga yetmagan farzandi B.O‘.ni bozor narxida taxminiy bahosi 250 million so‘m bo‘lgan 3 xonali uyga almashtirayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Foto: O’zA

Turmushga chiqmay farzandli bo‘lgan Z.O‘. ushbu jinoiy ishni 1951 yilda tug‘ilgan otasi A.O‘. bilan sherikchilik asosida sodir etganligi aniqlandi va daliliy ashyolar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

O‘zA xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Karmana tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq, Qoraqalpog’istonda ham 13 yoshli farzandini aldab, uning o’ziga aytmasdan boshqaga 15 ming dollarga sotayotgan ayol ushlangani haqida xabar bergan edik.