Joriy yilning yanvar-mart oylarida Ozarbayjon muzqaymoq importini kamaytirdi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatga qiymati 243,78 ming dollarga teng 86,35 tonna muzqaymoq olib kirilgan.

Foto: Google

Ozarbayjon davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,9 baravar kam. Ya’ni miqdor jihatidan muzqaymoq importi hajmi 17 foiz yoki 17,02 tonnaga qisqargan.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilning birinchi choragida Ozarbayjonda muzqaymoq importning katta qismi Rossiya va Ukraina davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.