Marg‘ilon shahrida 21-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangihayot mahallasi hududida yashovchi T.J. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 57 tup “ko‘knori” o‘simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi taqiqlangan ekinlarni ekish va yetishtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantiradi.

Taqiqlangan ekinlarni ekmang, ularni yetishtirmang, yovvoyi holda chiqqan bunday ekinlarni yo‘q qiling, deyiladi viloyat IIB xabarida.