Hindistonning Kerala shtatida er xotini yotgan xonaga kobrani kiritib, uni o‘ldirdi, deya xabar berdi India Today nashri.

Foto: Google

Politsiyaning taxmin qilishicha, Suraj ismli erkak xotini Utraga ikki marta tajovuz qilgan. Birinchisi 2-mart kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda u turmush o‘rtog‘ining yotog‘iga zanjirli ilonni (gadyuka) bildirmasdan kiritib yuborgan. Zaharli ilon chaqqan ayol shifoxonada ikki oy davolanishga majbur bo‘lgan. Hujumdan so‘ng o‘ziga kelib olishi uchun ayolni ota-onasining uyiga olib borishgan. 7-may kuni 27 yoshli Suraj xotini bilan birga qoladi va uxlab yotgan ayoliga kobrani otadi. Bu safar ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Bu voqeadan ko‘p o‘tmay Suraj xotinining mol-mulkiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishga uringan. Bu esa tabiiyki marhumning ota-onasida shubha uyg‘otgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, fojiadan sal oldin Suraj zaharli ilon egalari bilan qo‘ng‘iroqlashgan, shuningdek, internet orqali sudralib yuruvchilarning harakatini o‘rgangan.

Huquq-tartibot xldimlarining so‘zlariga ko‘ra, Suraj xotini bilan ajrashgan taqdirda mol-mulksiz qolish qo‘rquvi jinoyat sodir etishga sabab bo‘lgan.