Foto: O’zA

22 fevral kunidan boshlab Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte epidemiya markazlari deb hisoblangan joylar aholisidan yashash joylarini tark etishni soʻragan hamda ushbu hududlarga boshqalarning kirishini ham taqiqlagan.

Dw com nashrining yozishicha, eng koʻp yaʼni 54 ta holat Italiyaning Lombardiya hududiga toʻgʻri keladi. Bu yerda Milandan 60 km uzoqlikda joylashgan Kodonyo shahri yaqinidagi oʻnta aholi punktida 50 mingga yaqin odamga nisbatan maxsus choralar koʻrilgan. Kodonyo shahrining oʻzida barcha supermarketlar va restoranlar yopilgan, koʻchada odamlar niqob taqib yurishibdi. Milan shahri merining buyrugʻiga binoan shahardagi jamoat tashkilotlari ham yopilgan.

Mamlakatning Veneto hududida, 17 ta holat qayd etilganligi bois, Italiyaning koʻpchilik shaharlarida, maktablar, sport markazlari, bar va diskotekalar ham yopilgan. Virusdan vafot etgan birinchi Yevropa Ittifoqi fuqarosi ushbu hududning 78 yoshli fuqarosi edi. Ikkinchi koronavirus qurboni Lombardiyada vafot etgan 77 yoshli ayoldir. Maʼmurlar ushbu ikki hududda 23-fevral kuni barcha sport va ijtimoiy tadbirlarni bekor qilishga buyruq berishgan.