Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududida uchish-qo‘nish maydonchasi barpo etildi. Bu haqda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilgan.

Foto: “Davergeodezkadastr” axborot xizmati

Qurilgan ushbu aerodrom jami 8 gektar yerni egallab turibdi, shundan 6 gektari sug‘oriladigan ekin yerlaridir. Shuningdek, agroklaster tomonidan 1 gektar ekin yerida o‘zboshimchalik bilan turli imoratlar qurib olinganligi ma’lum bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, “Mingchinor” QFY hududidagi SilverleafeInternational LLC agroklasteri tomonidan qurilgan aerodrom 8 gektar maydonni egallagan, shundan 6 gektari sug‘oriladigan ekin yerlari. Ushbu AQSh kompaniyasi 2018 yilda BMB Trade Group agroklaster qo‘shma korxonasini ochgan va bu orqali respublikaga 344 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi.

Shuningdek, qo‘mita agroklaster tomonidan 1 gektar ekin yerida o‘zboshimchalik bilan turli imoratlar qurib olinganini ham ma’lum qilgan.

Bundan tashqari ushbu agroklaster tomonidan 1, 11, 21, 25, 26 va 27-dala konturlariga jami 2000 gektar yerga rejalashtirilgan chigit ekinining 356 gektariga haligacha ekilmasdan kelayotgani ham aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘mita mutaxassislari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga axborot berilgan va viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritilgan.