Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 28-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 9576 kishiga yetdi. Bemorlarning 4768 nafari butunlay tuzaldi. 37 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 28-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 74 taga oshib, jami 1594 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 16 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 28-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 3424 tani tashkil etmoqda va jami 47 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 28-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 12,456 nafarni tashkil etmoqda. 227 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1138 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.