Foto: Kazinform

Kazinform agentligi xabariga ko’ra, “Men ilgari ham aytganman: biz koronavirus hurujining takrorlanishiga tayyor turishimiz zarur. Mamlakatimiz hududi va qo‘shni respublikalarda kasallik o‘choqlarining qaytalanishi vaziyatni keskinlashtirmoqda”, – ta’kidladi mamlakat rahbari.

Shuningdek, u “navbatsiz amalga oshirilgan islohotlar” sanitar-epidemiologik va infeksiya tizimi nazoratining kuchsizlanishiga olib kelganini ta’kidladi.

“Samaradorligi isbotlangan modelga qaytishimiz zarur. Biologik xavfsizlik tizimi umumiy standartlar asosida ishlashi va mamlakatlararo hamkorlikning samarali bo‘lishini hamda xavfga javob qaytara olishini ta’minlashi kerak”, – dedi mamlakat Prezidenti. U joriy yilning oxirigacha mamlakat biologik xavfsizligi to‘g‘risida qonun ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 9,5 mingdan oshiqni tashkil etmoqda, dunyoda esa 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.