Avstraliyalik mutaxassislar guruhi koronavirus infeksiyasining yangi turi inson tanasiga mukammal moslashayotganidan ajablanmoqda.

Foto: SARS-CoV-2 koronavirus tasvirini mikroskop ostida ko’rinishi

Daily Mail agentligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, avstraliyalik mutaxassislar COVID-19 virusi boshqa jonivorlarga qanday moslashishini kuzatish maqsadida dunyo bo‘ylab turli jonivorlarni COVID-19 bilan kasallantirgan. Buning natijasida mutaxassislar, koronavirus shubhali tarzda odam organizmiga mukammal moslashishini aniqlashgan. Mazkur natija ularni koronavirus sun’iy barpo etilganligi to‘g‘risida shubhaga borishlariga asos bo‘lgan.

Flinders universiteti professori Nikolay Petrovskiyning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi, boshqa jonivorlarga qaraganda inson hujayralariga eng mukammal darajada moslasha oladi.

Pertrovski, virusga insondan boshqa yuqori sezuvchanligi bor jonivor topilishidan umidvor bo‘lganini, biroq koronavirus ko‘proq insonlarni tanlayotganini bilganidan so‘ng hayratga tushganini ta’kidladi.

“Bu inson organizmida hech qachon bo‘lmagan yangi virus. Biroq u inson retseptorlari bilan aloqaga kirishishning o‘ta yuqori xususiyatiga ega. Bu juda ajablanarli”, – deya alohida ta’kidladi mutaxassis.

Bu mutlaqo tasodifmi yoki COVID-19 laboratoriyada yaratilganmi? – qiziqdi Petrovski.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.