Pandemiya Eronning ijtimoiy-iqtisodiy tizimidagi illat va kamchiliklarni ochib tashladi, ijtimoiy norozilik va hukumatga ishonchsizlikning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi, rasmiy doiralarning hukumat xatti-harakatlarini ochiqroq tanqid qilishga undamoqda.

Foto: O’zA

Eron birinchilardan bo‘lib koronavirus bilan to‘qnashgan edi. Mamlakat haligacha koronavirus yuqtirganlik va o‘lim holati bo‘yicha (110 mingga yaqin kishi uni yuqtirgan va 6700 kishi halok bo‘lgan) dunyoda 10-o‘rinda turibdi, aprel oxirida kunlik virus yuqtirganlik holatlari bir oz pasaygan bo‘lsa-da, oradan ko‘p o‘tmay, yana ko‘tarilib, kuniga 1500 tagacha chiqib ketdi.

Eronning virusga qarshi kurashdagi og‘ir ahvoli qo‘llanayotgan sanksiyalar, neft narxining tushib ketishi hamda jahonning tibbiyot tovarlari va preparatlaridan izolyasiyalangani sababli yanada og‘irlashib ketdi. Ijtimoiy sog‘liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatsizliklar uzoq muddatli iqtisodiy turg‘unlik, ijtimoiy norozilik va hukumatga ishonchsizlik ortib borishi, tashqi yordamga qaramlikka olib kelishi tahdidi mavjud.

Pandemiya mamlakatni Eron-Iroq urushidan so‘nggi eng yirik inqiroz domiga tushirib qo‘ydi.