Koronavirusga qarshi vaksina yaratilgunga qadar Fransiya aholisi jamoat transportida niqob taqib yurishi shart boʻladi. Bu haqda “BFMTV” telekanali Fransiya ekologiya vaziri Elizabet Bornga asoslanib xabar tarqatdi.

Foto: Getty Images

Vazirning taʼkidlashicha, jamoat transportida qatʼiy qoidalar qoʻllaniladi. Yoʻlovchilar dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanadilar, ijtimoiy masofani saqlash uchun maxsus belgilar chiziladi.

“Fikrimcha, koronavirusni davolash usuli yoki unga qarshi vaksina yaratilmaguncha jamoat transportida niqob bilan yurishimiz kerak boʻladi“, — deydi Elizabet Born.

Avvalroq Fransiyada jamoat transportida niqob kiyish yurish 11-maydan majburiy boʻlishi haqida maʼlum qilinib, ushbu tartibga amal qilmaslik 135 yevro miqdorida jarima solinishiga olib kelishi haqida ogohlantirilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 146 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan.  dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.