Yaponiyalik pediatrlar uyushmasi ota-onalarni koronavirus tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarning niqob taqishi xavfli ekani haqida ogohlantirdi.

Foto: RBK

“Niqoblar nafas olishni qiyinlashtiradi, chunki bolajonlarning nafas yoʻllari juda tor boʻladi. Shuningdek, niqob taqish ularda astma hurujiga olib kelishi mumkin“, – deyiladi uyushma xabarida.

Uyushma ikki yoshgacha boʻlgan bolalarga niqob taqishni toʻxtatishga chaqiradi. Ularning fikricha, ayniqsa, jaziramada niqob taqish bolalar uchun yana bir xavfni keltirib chiqaradi, yaʼni yurakka xavfni oshirish ehtimoli ham yoʻq emas.

Bu xabarni AQSh Pediatriya akademiyasi ham tasdiqlagan.