Foto: DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy telegram kanali

DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy telegram kanali xabariga ko’ra, Toshkent viloyatining Bekobod tumani chegaraoldi hududida qo‘shni Tojikiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan jami 90 million so‘mga teng bo‘lgan tamaki mahsulotlari davlat chegarasida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, Keles temir yo‘l o‘tkazish punktida o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari “Olmaota – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizga kirib kelayotgan shaxsning qo‘l yuki tekshirib ko‘rilganda uning ichida umumiy qiymati 103.200.000 so‘mga teng bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.