Fransiyalik taniqli mikrobiolog Didye Rault koronavirusga chalinganlarni davolashda qoʻllanilayotgan gidroksixloroxin oʻlim xavfini oshirishi toʻgʻrisidagi tadqiqot xulosasiga qoʻshilmasligini aytdi.

Foto: Nature

U Lancet tibbiyot nashrida eʼlon qilingan tadqiqot natijalariga nisbatan ana shunday fikr bildirdi. Tadqiqot mualliflari yuzlab kasalxonalardagi 96 ming bemorning davolanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, gidroksixloroxin koronavirusga chalinganlarda oʻlim xavfini oshiradi degan xulosaga kelgandi.

Shifokorning “Twitter“da yozishicha, u gidroksixloroxin va azitromitsin birikmasidan foydalanmoqda, natijada uning Marseldagi tadqiqot klinikasida bemorlar oʻlimi 0,5 foizni tashkil etmoqda.

Fransiyalik professorning taʼkidlashicha, agarda miqdorda qattiq adashildigan boʻlsa, gidroksixloroxin darhaqiqat sogʻliq uchun xavfli.

“Oʻnlab yillardan beri ortiqcha muammolarsiz foydalanib kelayotgan dorilarimizni yoʻq qilib, bir necha baravar qimmat va samarasiz yangi dorilardan foydalanishimiz kerakmi?“, — deya savol berdi u.