Polshada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli joriy etilgan cheklov choralarini yumshatishning navbatdagi bosqichiga oʻtilmoqda. Bu haqda RIA Novosti mamlakat Bosh vaziri Mateush Moraveskiybayonotiga tayanib xabar berdi.

Foto: RIA novosti

Shunday qilib, 6-iyundan boshlab Polshada yana kinoteatrlar, basseynlar va filarmoniyalar faoliyatiga ruxsat berilgan. Ammo diskotekalar va klublar hali ochilmaydi.

30-maydan esa doʻkonlarga tashrif buyuruvchilar soniga cheklov bekor qilinadi.

27-may holatiga koʻra, Polshada koronavirus yuqtirib olganlar soni 22 303 kishini tashkil etmoqda. Soʻnggi sutkada bu yerda 443 ta yangi kasallanish qayd etilgan. Infeksiyadan 1025 (+17) kishi vafot etgan. Bemorlardan 10,330 nafari tuzalgan. 79,007 kishi esa karantinga olingan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.