Joriy yilning 1-iyun kunidan Gretsiya oʻz aholisini silga qarshi vaksina bilan ommaviy ravishda emlashni boshlaydi. 

Foto: EPA-EFE / NACHO IZQUIERDO

Mamlakat oʻz fuqarolarini koronavirusdan himoya qilish maqsadida shunday yoʻl tutishga qaror qilgan, deyiladi “Neakriti” portali xabarida.

Uch yillik tadqiqotlar davomida olimlar silga qarshi vaksina nafas yoʻllari infeksiyasi xavfini 5 baravarga kamaytirishini aniqlaganlar. Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu chora “COVID-19“ bilan zararlanish xavfi yuqori boʻlgan fuqarolar toifalarini himoya qiladi. Aholini ommaviy emlash Milliy dori vositalari agentligi tomonidan tasdiqlangan.

Nashrning qayd etishicha, ushbu chora Germaniya, Avstraliya va Gollandiyada ham amalga oshirilishi kutilmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 355 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.