Toshkent vaqti bilan bugun, 28-may tungi soat 01:33da AQShning SpaceX kompaniyasi Demo-2 missiyasi doirasida o‘zining Crew Dragon kemasida 2 fazogirni Xalqaro koinot stansiyasiga jo‘natishi kerak edi. 

Foto: Skrinshot

Lekin parvoz ob-havo yomonligi tufayli bekor qilindi. Aniqrog’i havo bulutligi uchun qoldirildi. Navbatdagi urinish 30-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:22 amalga oshiriladi.

Ob-havo nafaqat parvoz bo’ladigan hududda, balki butun Atlantika okeani mintaqasi bo’ylab tekshirilmoqda. Chunki biror bir sabab bo’lib, astronavtlar favqulodda qo’nishga majbur bo’lsa, ular okeanning istalgan joyiga qulashi mumkin. Ularni qutqarish uchun ob-havo barcha mintaqada yaxshi bo’lishi kerak.