Ko‘p hollarda kashandalarda COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechadi. Bu haqda Rossiya iste’molchilar nazorati boshqarmasi ogohlantirdi.

Foto: Depositphotos

“Tamaki chekish o‘pka faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shu sababli chekuvchi odamning organizmi koronavirus oqibatida yuzaga keladigan respirator kasallik bilan kurashish uchun zaif bo‘lib qoladi”, – ta’kidladi boshqarma.

Shuningdek, xabarda tamaki chekish og‘iz orqali virusning organizmga kirib kelish xavfini oshirishi aytilgan.

Chekuvchilar koronavirus infeksiyasiga chalingan taqdirda, ularga kasallikning og‘ir turi xavf soladi. Sababi, ularning o‘pka faoliyati buzilgan bo‘ladi, deya ogohlantirdi Rossiya iste’molchilar nazorati.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.