Davlat tender komissiyasi tomonidan “Otel Uzbekistan” MChJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha “Bashan investment group pte ltd” (Singapur) kompaniyasining 24 oy mobaynida 23,2 mln dollar to‘lash, 1,5 yil ichida 100 mlrd so‘m investitsiya kiritish va 4 yulduzli mehmonxona tashkil etish taklifi ma’qullandi.

Foto: Google

Ushbu qarorga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Bashan investment group pte ltd” (Singapur) kompaniyasi o‘rtasida yuqorida ko‘rsatilgan shartlar asosida “Otel Uzbekistan” MChJ QKning 80,13 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha shartnoma imzolandi