Bu galgi insonparvarlik yordami Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Jartepa chegara posti orqali o‘tkazildi.

Foto: Samarqand viloyati IIB

O‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu ikki xalq vakillari bugungi kunda ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

Bugun ko‘plab mamlakatlar koronavirus pandemiyasini boshdan kechirayotgan sinovli damlarda O‘zbekiston Respublikasidan Tojikistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi.

Bu galgi insonparvarlik yordami Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Jartepa chegara posti orqali o‘tkazildi.

Avvalroq ham Tojikistonga 24 tonnalik yuk dori-darmonlardan, asosan antibiotiklardan iborat gumanitar yordam yuborilgani haqida xabar bergan edik.