Joriy yilning 21-yanvaridan 6-mayigacha 185 mamlakatda qayd etilgan 3,75 million infeksiya holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus qanday harorat va namlikda keng tarqalishini aniqlashdi.

Foto: Google

Mutaxassislarning tadqiqotlariga asoslanib “Sinxua” axborot agentligining yozishicha, infeksiya tarqalishining 60 foizi 5 dan 15 darajagacha boʻlgan haroratda kuzatilgan. Qariyb 74 foiz holatlar har kubometr havoning mutlaq namligi 3 dan 10 grammgacha boʻlgan hududlarda qayd etilgan.

Aynan shu maʼlumotlarga tayangan holda mutaxassislar koronavirus, asosan, oʻrta haroratlarda keng tarqaladi, degan xulosaga kelishgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.