Foto: Buxoro IIB axborot xizmati

Joriy yil 19-may kuni soat 20:00 larda G‘ijduvon tumani IIO FMB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda tumandagi Guliston mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan D.R. (erkak) moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida fuqarolar X.S va B.X.larning jinsiy aloqa qilishlari uchun 50,000 so‘m evaziga yashash uyidan joy ajratib bergan holda qo‘shmachilik jinoyatini sodir etganligi aniqlangan.

Buxoro viloyat IIB xabariga ko’ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.