Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini rad etdi. U o’zini mutlaqo sog’lom ekanligini ta’kidladi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Google

“Agar men kasal bo’lgan bo’lsam ham, dunyodagi millionlab odamlar koronavirus bilan kasallangan, o’n minglab odamlar vafot etgan, men odam emasmanmi? Kasal bo’lishga haqqim yo’qmi? Menda tomizgich qo’yish va immunitetni oshirish huquqi yo’qmi? Men mutlaqo sog’lomman”, – dedi Qodirov.

21-may kuni Qodirov koronavirus yuqtirib olgan bo’lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. OAV xabarlariga ko’ra, respublika rahbari Moskva kasalxonasida shifokorlar nazorati ostida. Ta’kidlanishicha, o’pkasining 70 foizi zararlangan. Checheniston tomoni bunday bayonotni rad qildi hamda Qodirov respublikada bo’lgani va uning sog’lig’i yaxshi ekani haqida xabar qildi. Bir necha kundan keyin u ko’rinish berdi.