Tungi soat 02:00 larda noma’lum shaxs Shofirkon tumani “Bog‘iafzal” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro U.Z. ga tegishli go‘sht do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 5, 950 000 so‘m miqdordagi naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv ishlari, shuningdek, “Roy” laqabli xizmat iti olgan izlar orqali o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni shu mahallada yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan M.S. sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.