DSQ matbuot xizmati xabariga ko’ra, joriy yil 25-may kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining barcha xodimlaridan COVID-19’ga test tahlillari olindi.

Foto: Google

Test tahlili natijalariga ko‘ra, bironta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmadi.

DSQ huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi, deyiladi xabarda.