Polshaning Vroslav universiteti rektorlikka saylovlarni o‘tkazish uchun stadionni ijaraga oldi. Bundan maqsad – saylovni deb karantin vaqtida ijtimoiy masofalanish qoidalarini buzmaslikdir.

Foto: Telegram / @Tashqaridauz

Bu yangilik bir qarashda oddiy tuyulishi mumkin, lekin ikki muhim jihat e’tiborni tortadi. Birinchisi – nima bo‘lganda ham karantin qoidalarini buzmaslik, bu qoidalar hamma uchun barobarligi.

Ikkinchisi – universitet rahbari 1702-yildan buyon saylov orqali aniqlanarkan, akademik hamjamiyatning mustaqilligiga va demokratik qadriyatlariga kommunizm ham rahna sololmagan, pandemiya ham halal berolmadi.