Surxondaryoda 35 tup daraxt kesgan tadbirkor 165 mln soʻm jarima toʻlaydi, deb xabar qilmoqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi. 

Foto: Sputnik

Xabarda aytilishiga koʻra, Sherobod tumani “Bogʻiobod” mahallasida yashovchi fuqaro Normoʻminov Ismoil Toshpoʻlatovich Oʻzbekistonda daraxt kesishga moratoriy kirtilishiga qaramasdan 35 tup archa daraxtlarini (sosna) avtoservis qurish maqsadida kesib tashlagan.

Huquqbuzar Maʼmuriy javobgarlik kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari 1 115 000 miqdorida maʼmuriy jarimaga tortish haqida qaror qabul qilindi.

Huquqbuzarlik natijasida oʻsimlik dunyosiga 164. 462 500 (Bir yuz oltmish toʻrt million toʻrt yuz oltmish ikki ming besh yuz) soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi, deyilgan xabarda.