Ayni soatlarda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati

Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Pastarg‘om va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichiga 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichiga 34 yoshda.

Shunday qilib, bugun 32 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2668 nafarni tashkil etmoqda.