Farg’ona viloyat IIB xabariga ko’ra, Qo‘shtepa tumanida joriy yil 4-aprel kuni fuqaro O.O. IIBga murojaat qilib, unda tegishli bo‘lgan Kattabeshkapa mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi omborxonasidan noma’lum shaxs narxi 1, 200 000 so‘mlik “Royal” nomli suv isitgichini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Foto: Sputnik

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni X.I. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.