Chililik ayol 111 yoshida koronavirusdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy “24Horas” telekanali.

Foto: Google

Xuanita ismli ayol Santyago provinsiyasi Nunoa kommunasi “Hogar Italiano” qariyalar uyida istiqomat qiladi. Ehtiyot choralariga qaramay, 12-aprel kuni undagi COVID-19’ga tahlil natijalari musbat chiqdi.

OAV xabariga ko‘ra, kasallikni yuqtirgunga qadar Xuanitada respiratorli muammolar kuzatilgan, shunga qaramay, u infeksiyani yengishga muvaffaq bo‘ldi. Iyul oyida u 112 yoshini nishonlashni rejalashtirmoqda.

Avval Ispaniyaning eng keksa fuqarosi — 113 yoshli Mariya Branias ham COVID-19’dan tuzalishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Chilida koronavirusni yuqtirganlar soni qariyb 78 mingni tashkil etadi, 806 kishi tuzaldi.