Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan chigitni bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish usuli O‘zbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilib, tijoratlashtirish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Ilmiy ishlanmaniti joratlashtirish, qishloq xo‘jaligiga joriy etish hamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarda Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limining ilmiy ishlanmalari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tanishtirilgan.

Natijada “Azkamar” MChJ ushbu loyihaga qiziqish bildirib, litsenziya shartnomasi imzolandi.

Shartnomada Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi mualliflik huquqi e’tiborga olinib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish natijasida olingan foydaning 20 foizi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.