Bugun “Uzbekistan Airways” AJning charter yuk reysi orqali mamlakatimiz bog‘bonlari tomonidan yetishtirilgan 20 tonna gilos Inchonga yetkazildi.

Foto: “O‘zbekoziqovqatxolding” axborot xizmati

Mahsulot Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “UZ SEGANG LLC” kompaniyasi tomonidan eksportga jo‘natilgan. Janubiy Koreyaning “Sunfinite Co.LTD” kompaniyasi vakillari yukni qabul qilib oldi.

O‘zbek giloslari savdo tarmoqlari orqali ushbu mamlakat supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport hajmini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Avvalroq ham Janubiy Koreyaga o’zbek gilosining navbatdagi partiyasi yetkazilgani haqida xabar berilgan edi.