Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 26-may kuni soat 20:00 larda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidagi “Sangzor-15” YPX karantin postida xizmat olib borayotgan YPX inspektori J. To‘rayev tomonidan “Captiva” rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, Mirzacho‘l tumanida yashovchi 1991 y.t. O.Q. hech qanday hujjatlarsiz 23 dona politilen qoplarda jami 1150 kg ammiakli selitra mineral o‘g‘itini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.