“Uzbekistan Airways” foydalanilmayotgan aviatsiya uskunalarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Qayd etilishicha, sotuvga qo‘yilgan transport vositalari orasida 1991-yilda ishlab chiqarilgan qiymati 1 million 224 ming 904 AQSh dollari miqdoridagi, shuningdek, 1992-yilda ishlab chiqarilgan shu rusumdagi, qiymati 1 million 274 ming 265 AQSh dollari miqdoridagi MI-8MTV-1 rusumidagi vertolyotlar ham bor.

Sotuvga aviatsion dvigatellar ham qo‘yilgan.