Moskvada 24-iyun kuni boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga taklifnomalar MDH davlatlari yetakchilari uchun yangilanadi, deb xabar qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Foto: TASS

“Hozircha MDH davlatlari rahbarlariga Gʻalaba Paradiga taklifnomalar yangilanadi, degan kriteriy tarafdorimiz”, – deb aytgan Peskov chet el yetakchilaridan kimlar 24 iyun kuni boʻlib oʻtadigan Paradga taklif etilgan, degan savolga javob berar ekan.

Ukraina MDHdan chiqdimi, degan savolga javoban Kreml vakili: “Agar bu siz uchun tushunarsiz boʻlsa, bizga qanday tushunarli boʻlishi mumkin?”, – deya aytgan.

Hozirgi vaqtga qadar Qozogʻiston, Moldova va Abxaziya prezidentlari Vladimir Putinning Paradga taklifnomasini qabul qilganligi maʼlum.