Foto: Interfax

Xabarda aytilishicha, yana 648 kishida koronavirus aniqlangan. Butun mamlakat bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar soni 76 936 kishini tashkil etmoqda. Shu paytga qadar shifokorlar 22 888 kishini davolashga muvaffaq bo‘lganligi aytiladi.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblanuvchi Xubey provinsiyasida kasallikni yuqtirib olgan 630 nafar odam ro‘yxatga olingan, ularning 541 nafari — Uxan shahridan, deyiladi xabarda.