Tolo News xabar berishicha, Afgʻoniston hukumati Ramazon hayitining birinchi kunida “Tolibon” radikal harakatining birdaniga 900 aʼzosini  ozod qildi.

Foto: Google

“Ozod qilinganlar soni ikki mingga yetadi, ammo bu yogʻi “Tolibon”ga bogʻliq… Zoʻravonlikning davom etishi tinchlik jarayoniga hissa qoʻsholmaydi”, – dedi Djavid Feysal, Afgʻoniston milliy xavfsizlik kengashi vakili.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Roʻza Hayiti munosabati bilan Afgʻonistonda uch kun davomida oʻt ochish rejimini toʻhtatishiga javoban ikki mingtagacha tolib asirlarni ozod etishga farmon bergan edi.

Keyinchalik, afgʻon hukumati toliblarni asirlarni ozod qilish uchun zamin yaratish uchun oʻt ochishni tuhtatishni uzaytirishga chaqirdi va shu bilan birga, sulh mahbuslarni ozod qilinishi va muzokaralar bir-biri bilan bogʻliqligi va bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi kerakligini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, fevral oyi oxirida AQSh va “Tolibon” Qatarda boʻlib oʻtgan marosimda tinchlik shartnomasini imzoladilar.

Kelishuv chet el qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketilishini va afgʻonlararo muloqotni boshlashni koʻzda tutadi. Biroq, tomonlar muzokaralar stoliga, mahbuslarni almashish jarayoni tugagandan keyingina oʻtirishlari kerak.