Joriy yilning 25-may kuni soat 01:50 da Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida joylashgan dala hovli oldida fuqaro 55 yoshli I.M., tomonidan qarovsiz qoldirgan “Vaz-2103” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olib qochilgan avtomashina Toshloq tumani Beshalish mavzesi hududidan, davlat raqami yechib olingan holda topilgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni 28 yoshli A.I., sodir etganligi aniqlangan va prosessual tartibda ushlangan.