AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) mamlakatda sut ishlab chiqaruvchilarning yo‘qotishlari 8,2 milliard dollardan oshgani, mazkur holat sohani hozirgi iqtisodiy inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar ro‘yxatiga kirishiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Google

AQSh Sut ishlab chiqaruvchilar milliy federatsiyasi (NMPF) ma’lumotlariga ko‘ra, garchand ushbu haftada hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 16 milliard dollarlik yangi reja e’lon qilinganiga qaramay, sohani saqlab qolish uchun ajratiladigan mablag‘lar yetarli emas.

Ayni paytda NMPF qo‘shimcha yordamga umid qilmoqda. Boisi hukumat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha moliyaviy ko‘maksiz vaziyatni izga solish o‘ta mushkul.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta USDA hukumat oziq-ovqat yordam dasturi doirasida sut mahsulotlarini sotib olish uchun 317 million dollar ajratgan.