Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27-may kuni soat 12:45 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Nukus – Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida 1987 y.t. S.S. (erkak) boshqaruvidagi “Captiva” rusumli va Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982 y.t. A.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan “Captiva” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Natijada, haydovchi A.M. boshqaruvidagi “Captiva” rusumli transport vositasi ag‘darilgan, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.