Gilos dunyoda eng mashhur va sevib iste’mol qilinadigan danakli mevalardan biri. Uni o‘ziga xos ajoyib ta’mi, shirinligi uchun sevishadi. Shuningdek, gilos ko‘plab foydali xususiyatlariga ham egaki, bejizga olimlar uni a’lo mahsulotlar safiga qo‘shishmagan.

Foto: Sputnik

Gilos mevasi eramizdan avvalgi 8000 ming yil avval ma’lum bo‘lgan. Uning vatani hozirgi Turkiya, Shveysariya va Daniya hududlari hisoblanadi.

Gilos mevasi yog’miqdorisiz, asosan suvdan (82 %), uglevodlardan (16 %) va oqsillardan (1 %) iborat.

Aniqlanishicha, gilosda antosian moddasi mavjud bo‘lib, uning ko‘magida saraton kasalliklarini davolash mumkin ekan. Ya’ni o‘sib borayotgan saraton hujayrasi muntazam oziqlanishga muhtoj bo‘ladi. Gilosdagi antosianlar esa organizimdagi ozuqa kanallari yo‘lini to‘sib, saraton hujayralarining o‘lishiga olib keladi.

Shu kunlarda yurtimizda gilos pishig‘i avj pallaga kirgan. Ayni dam ushbu mevani ko‘proq iste’mol qilib, organizmni foydali darmondorilari bilan to‘yintirishning qulay fursati hamdir.