JSSTning mintaqaviy bo‘limi Braziliya, Peru, Chili, San-Salvador, Gvatemala hamda Nikaraguada koronavirus holatlari ko‘payishining natijasida Janubiy Amerika koronavirusning yangi markaziga aylanishi haqida ogohlantirmoqda.

Foto: Google

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Amerika bo‘yicha direktori va Pan Amerika sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Karissa Etenning ta’kidlashicha, Braziliyada o‘tgan yetti kun ichida koronavirus bilan kasallanish eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.

Bugungi kunga kelib, Braziliyada qariyb 375,000 holat tasdiqlandi, bu bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 natijasida kamida 23,473 kishi vafot etgan. Prezident Jair Bolsonaro karantin cheklovlariga qarshi ochiq dushmanlik qilmoqda.

Dushanba kuni Braziliyada kunlik o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi va Vashington universitetining tadqiqotiga ko‘ra, avgust oyi boshiga qadar mamlakatda o‘lim soni besh baravarga oshib, 125 mingga etishi mumkin.

“Bizning mintaqamiz COVID-19 pandemiyasining markaziga aylandi”, – dedi Eten. 

Ikkala Amerikada 2,4 milliondan ortiq yangi koronavirus holati va 143 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan. Lotin Amerikasi kunlik yuqumli kasalliklar aniqlanishi bo‘yicha Yevropa va AQShdan o‘tib ketdi, dedi u.

“Peru ham, Chili ham yuqori darajadagi kasallik haqida xabar berishmoqda, bu mamlakatlarda bu kasallik tarqalishi hali ham tezlashayotganidan dalolatdir”, – dedi Eten seshanba kuni virtual haftalik brifingda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.