Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX DChHQQ tezkor xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam qo‘shni davlatlardan noqonuniy ravishda olib kirilgan tamaki mahsulotlarining yashirin saqlanayotgan omborni fosh qilishdi.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy telegram kanali

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.B.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxsning yashash xonadonida umumiy qiymati 85 million so‘mlik 7210 dona quti tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi Davlat bojxona qo’mitasi xabarida.