Rossiya tarkibidagi Chuvashiya Respublikasining sobiq gubernatori Mixail Ignatev Sankt-Peterburgda ikki tomonlama pnevmoniya bilan o‘pka shikastlanishining yuqori foizi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Sobiq amaldor tibbiy muassasaga may oyining boshida kelgan. Hozirda u ekstrakorporal membranani oksidlanish apparatiga (EKMO) ulangan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishonchni yo‘qotgani sababli Mixail Ignatevni ishdan bo‘shatgan. 

26-may kuni Chuvashiyaning sobiq rahbari Putinni ishdan bo‘shatish masalasi bo‘yicha Rossiya Oliy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.