Foto: Uzreport

Poytaxt hokimligi va prokuraturasi hamda barcha aloqador tashkilot va idoralar tarkibida ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh qisqa muddatda shahrimiz iqlimi va landshaftiga mos keladigan sersoya daraxatlar ekish orqali daraxtzorning qayta tiklanishini ta’minlaydi.

Ko‘chat ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari mahalliy aholi xohish – istaklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu holat bo‘yicha qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.

Ishlarning borishi va o‘rganish natijalari to‘g‘risida axborot berib boramiz, deyiladi xabarda.