Zarafshon shahri aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida shahardagi bozor, “Mega Senter” hamda “Oila” savdo majmualarida epidemiyaga qarshi va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish uchun shahar hokimligi bilan kelishilgan holda, savdo majmualari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati

Mazkur savdo majmualari o‘z ish faoliyatini faqat yetkazib berish xizmati bilan davom ettiradi.

Hurmatli fuqarolar! Karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilishingizni, jamoat joylarida to‘planmaslik, ayniqsa, yoshlarni zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligini, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi qoidalarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Bu o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun juda muhim, deyiladi hokimlik bergan xabarida.